Conference Proceedings
Permanent URI for this collectionhttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/101
Browse
Recent Submissions
Item type: Item , YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ASALARILAR YORDAMIDA CHANGLATISHNING AHAMIYATI(2025-10-15) Q, SohibjonUshbu maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari doirasida qishloq xo‘jalik ekinlarini asalarilar yordamida changlatishning ekologik va iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Asalarilarning changlatish faoliyati nafaqat hosildorlikni 25–60 foizgacha oshirishi, balki pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini saqlash, biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash orqali agroekotizim barqarorligini mustahkamlashini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida asalarichilik tarmog‘ini qishloq xo‘jaligi tizimiga integratsiyalash, ekinlarni samarali changlatish orqali eksportbop ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi mavjud 143 mingta asalari oilasi 3 million gektardan ortiq ekin maydonini to‘liq changlatish uchun yetarli emasligi aniqlangan bo‘lib, qo‘shimcha 1,5–2 million asalari oilasi tashkil etish zarurligi asoslangan. Shuningdek, maqolada asalarilarni o‘simliklarga o‘rgatish, ularni joylashtirish va changlatish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy yondashuvlari keltirilgan. Natijalar yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishda asalarichilikning muhim o‘rni borligini, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi.Item type: Item , Mazkur maqolada turizm va asalarichilik sohalarining o‘zaro integratsiyasi orqali hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Asalarichilikni turizm faoliyati bilan uyg‘unlashtirish nafaqat ekologik muvozanatni saqlash, balki mahalliy aholining daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, ushbu integratsion yondashuv barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda qishloq joylarda yashovchi aholining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.(2025-09-10) Qulmurotov, Sohibjon; Uzaqov, JamshidMaqolada ziyorat turizmini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlarining o‘rni va ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda DXSH asosida ziyorat joylarida infratuzilma va xizmatlar sifatini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda xususiy sektorni faol jalb etishning institutsional asoslari yoritilgan. Mamlakatda mavjud DXSH amaliyoti tahlil qilinib, ularning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida ziyorat turizmi sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or yondashuvlar taklif etilgan. O‘zbekiston sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy va takomillashtirilgan mexanizmlar ishlab chiqilgan.Item type: Item , HUDUDLARNI IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA TURIZM VA ASALARICHILIK SOHALARINI INTEGRATSIYALASHNING AHAMIYATI(2025-10-25) Qulmurotov, Sohibjon; Uzaqov, JamshidMazkur maqolada turizm va asalarichilik sohalarining o‘zaro integratsiyasi orqali hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Asalarichilikni turizm faoliyati bilan uyg‘unlashtirish nafaqat ekologik muvozanatni saqlash, balki mahalliy aholining daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, ushbu integratsion yondashuv barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda qishloq joylarda yashovchi aholining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.