DSpace 7

Qarshi davlat texnika universiteti (QarDTU) ilmiy repozitoriysi — universitetning professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, maqolalar, dissertatsiyalar va konferensiya materiallarini jamlagan ochiq elektron kutubxona.

  • easily ingest documents, audio, video, datasets and their corresponding Dublin Core metadata
  • open up this content to local and global audiences, thanks to the OAI-PMH interface and Google Scholar optimizations
  • issue permanent urls and trustworthy identifiers, including optional integrations with handle.net and DataCite DOI

Join an international community of leading institutions using DSpace.

Photo by @inspiredimages

Recent Submissions

  • Item type: Item ,
    YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIY O’SISH VA EKOLOGIK BARQARORLIK UYG’UNLIGI
    (2025-06-20) Gafurova Lola Ruyiddinovna; Dilnavoz Bahromova Azamatovna; Ravshanova Nigora Ulug'bek qizi
    Annotatsiya. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy iqtisodiy rivojlanish modellarining ekologik muammolarni kuchaytiruvchi omillari yoritilib, resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hamda ekologik innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada iqtisodiy va ekologik manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashda davlat siyosati, institutsional mexanizmlar hamda investitsion muhitning o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi
  • Item type: Item ,
    YASHIL INFRATUZILMA VA MINTAQAVIY IQTISODIY O‘SISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
    (2025-05-25) G’ofurova Lola Ruyiddinovna
    Ushbu ilmiy ishda yashil infratuzilmaning mazmun-mohiyati, uning asosiy tarkibiy qismlari hamda mintaqaviy iqtisodiy o‘sishdagi roli o‘rganiladi. Asosiy e’tibor mintaqalarda barqaror rivojlanishni ta’minlashda ekologik toza, resursni tejovchi va iqlimga mos infratuzilmaviy loyihalarning ahamiyatiga qaratilgan. Tadqiqotda yashil infratuzilmani joriy etishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar – moliyalashtirishdagi cheklovlar, texnologik bazaning zaifligi, kadrlar yetishmovchiligi hamda normativ-huquqiy asoslarning takomillashmaganligi ko‘rib chiqiladi
  • Item type: Item ,
    TRANSPORT LOGISTIKASI TIZIMINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA QO'LLAB-QUVVATLASH, LOGISTIKA XARAJATLARI VA LOGISTIKA SAMARADORLIGI
    (2025-05-14) Gafurova Lola Ruyiddinovna
    Ushbu maqolada transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari, logistika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va logistika xarajatlarining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda transport-logistika ko‘rsatkichlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Misol tariqasida yaratilgan statistik ma’lumotlar asosida logistika xarajatlari dinamikasi va logistika samaradorligini baholash uchun jadval va diagrammalar taqdim etiladi