YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ASALARILAR YORDAMIDA CHANGLATISHNING AHAMIYATI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari doirasida qishloq xo‘jalik
ekinlarini asalarilar yordamida changlatishning ekologik va iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda
yoritilgan. Asalarilarning changlatish faoliyati nafaqat hosildorlikni 25–60 foizgacha oshirishi, balki
pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini saqlash, biologik
xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash orqali agroekotizim barqarorligini mustahkamlashini ko‘rsatadi.
Maqolada O‘zbekiston sharoitida asalarichilik tarmog‘ini qishloq xo‘jaligi tizimiga integratsiyalash,
ekinlarni samarali changlatish orqali eksportbop ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish
imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi mavjud 143 mingta asalari
oilasi 3 million gektardan ortiq ekin maydonini to‘liq changlatish uchun yetarli emasligi aniqlangan
bo‘lib, qo‘shimcha 1,5–2 million asalari oilasi tashkil etish zarurligi asoslangan. Shuningdek,
maqolada asalarilarni o‘simliklarga o‘rgatish, ularni joylashtirish va changlatish samaradorligini
oshirishning ilmiy-uslubiy yondashuvlari keltirilgan. Natijalar yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga
oshirishda asalarichilikning muhim o‘rni borligini, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi.