NONNING MOGʻORLANISHIGA SABAB BO‘LADIGAN ZAMBURUG‘LARNING O‘SIMLIKLARGA QARSHI HIMOYA NAZARIYASI BILAN BOGʻLIQLIGI
Abstract
:Mazkur maqolada non mahsulotlarining mog‘orlanishiga sabab bo‘ladigan zamburug‘lar –
Aspergillus niger, Penicillium chrysogenum va Rhizopus stolonifer – ning biologik xususiyatlari o‘rganildi. Ularning
o‘simlik patogenlariga xos fermentlar ishlab chiqarish qobiliyati baholanib, o‘simliklarga qarshi himoya nazariyasi
bilan umumiyliklari tahlil qilindi. Tadqiqotda shuningdek, laktik kislota bakteriyalarining antifungal xususiyatlari ham
baholandi. Natijalar non mahsulotlarini mog‘orlanishga qarshi biologik himoya qilishda o‘simlik mikrobiologiyasiga
asoslangan yondashuvlar istiqbolli ekanini ko‘rsatdi