OZIQ-OVQAT SANOATIDA ISHLATILADIGAN MIKROORGANIZMLARNING EKOLOGIK XAVFSIZLIGINI BAHOLASH VA ULARNI AGROSANOATGA JORIY ETISH IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada oziq-ovqat sanoati va agrosanoatda keng qo‘llanilayotgan mikroorganizmlarning
ekologik xavfsizligi baholandi. Tadqiqotda mikroorganizmlarning GRAS maqomi, antimikrobik rezistentlik, genetik
barqarorlik va atrof-muhitdagi omon qolish qobiliyati asosiy mezonlar sifatida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ularning
agrosanoatdagi amaliy qo‘llanilishi va barqaror ishlab chiqarishdagi ahamiyati yoritildi