ILDIZDAN TASHQARI QO‘SHIMCHA OZIQLANTIRISH – SAMARALI USUL
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
lmiy jurnal
Abstract
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining faol rivojlanishi va yuqori hosil berishi uchun maqbul shart-sharoit yaratilishi lozimdir. Biroq hamma vaqt ham o‘simlikka vegetatsiya davrida talab darajasida oziqa moddalar bilan ta’minlashmasalasidolzarbligichaqolmoqda.Ushbuvaziyatlardamuqobilyechimsifatidaildizdantashqariqo‘shimcha oziqlantirishniqo‘llashsamaralitabdirhisoblanadi.Ildizdantashqariqo‘shimchaoziqlantirishnivegetatsiyaningistalgan davrida qo‘llash mumkin, asosiysi, kerakli miqdorda ozuqaviy moddalar bilan suspenziyani tayyorlash talab qilinadi. Dunyobo‘ylabg‘allahosiliyuqoribo‘lganfermerxo‘jaliklaritajribasishuniko‘rsatadiki,buboradagimuvafaqiyatlarning eng muhim omili va kaliti ekin yetishtirishga to‘g‘ri va malakali yondashishdir. Amaldagi resurs tejovchi texnologiyalar ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi, mineral o‘g‘itlardan samarasiz foydalanishni kamaytirish orqali xarajatlarni 20 foiz va undan ko‘proqqa kamaytirish mumkin.
Description
Ishlab chiqarish tajriba doirasida kuzgi bug‘doyni
an’anaviy agrotexnologiya (nazorat) qoidalariga amal
qilgan holda yetishtirish jarayonida barcha ko‘rsatkichlar
bo‘yicha olingan natijalar ildizdan tashqari qo‘shimcha
oziqlantirish qo‘llanilgan variantlar natijasi bilan
taqqoslanganda, mineral o‘g‘itlarni tejovchi agrofon
sharoitida ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish
qo‘llanilgan variant natijalari nazorat variant natijalariga
nisbatan ustunligi o‘z isbotini topdi.
Kuzgi bug‘doy yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorini
N90P45K30 kg/ga hisobida, turli komponentli makro va
mikro o‘g‘itli suspenziya bilan ildizdan tashqari kuzgi
tuplanish fazasida (IfoPZN+Ankasuper), bayroq barg
chiqarish davrida (IfoCombi-Fe+Ento Gumin+IfoUAN-32),
boshoqlashdan keyin (IfoKalifos+Ankasuper) oziqlantirish
texnologiyasini ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash
natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori
sezilarli darajada oshdi. Hosildorlik an’anaviy texnologiyaga
nisbatan 57,6-65,1 s/ga oshgan va gektaridan 3493,8-
4276,7 ming so‘mgacha shartli sof foyda olinib, rentabellik
darajasi (54,0-64,2%) o‘sishiga erishildi.