ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARUVCHI MIKROORGANIZMLARDAN O‘SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YECHIMLAR
Abstract
Ushbu maqolada antibiotik xususiyatiga ega mikroorganizmlarning o‘simliklarni himoya qilishdagi
roli ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Streptomyces, Bacillus va Pseudomonas kabi
mikroorganizmlar tomonidan sintez qilinadigan tabiiy antibiotiklar o‘simlik patogenlariga qarshi samarali kurashish
vositasi hisoblanadi. Mazkur mikroorganizmlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri patogenlarga ta’sir ko‘rsatadi, balki
o‘simlikning immun tizimini faollashtirib, ekologik xavfsiz muqobil himoya usulini yaratadi.