YANTOQ O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING KIMYOVIY TARKIBINI O‘RGANISH
Date
2025-07-20Author
Xolmurodov Bahodir Bahrom o‘g‘li
Choriyev Abdusattor Jo‘rayevich
Ishimov Uchkun Jomuradovich
Metadata
Show full item recordAbstract
Mazkur ilmiy ish Alhagi maurorum (yantoq) o‘simligining yer ustki qismlaridan (poya va
barglar) ultratovushli ekstraksiya usuli orqali olingan ekstraktning kimyoviy tarkibini o‘rganishga
qaratilgan. Ekstraksiya 40% spirtli suv eritmasi yordamida, gidromodul 1:40 nisbatda, 40°C haroratda 20
daqiqa davomida amalga oshirildi. Natijada olingan ekstraktning tarkibi yuqori samarali suyuqlik
xromatografiyasi (HPLC) usuli orqali aniqlanib, flavonoidlar, vitaminlar va aminokislotalar miqdorlari
baholandi. Ekstraktda degidro-kversetin (1929,5 mg/100 g), rutin (1647,0 mg/100 g), foliy kislotasi (3022,0
mg/100 g), riboflavin (1586,0 mg/100 g), askorbin kislotasi (804,0 mg/100 g), asparagin (1051,0 mg/100 g)
va sistein (982,8 mg/100 g) kabi biologik faol moddalarning yuqori konsentratsiyasi aniqlandi. Umumiy
aminokislotalar miqdori 7962,0 mg/100 g ni tashkil etdi. Ushbu komponentlar ekstraktga kuchli
antioksidant, immunomodulyator, metabolik va regenerativ xususiyatlar bag‘ishlaydi. Tadqiqot natijalari A.
maurorum ekstraktini funksional oziq-ovqat mahsulotlari, sport ovqatlanishi va parhez qo‘shimchalari
ishlab chiqarishda istiqbolli xomashyo sifatida qo‘llash imkonini ko‘rsatadi