ZАXIRА YERLАRINING HUQUQIY HOLАTI
| dc.contributor.author | Tursunov Suhrob Ro‘zimurod o‘g‘li | |
| dc.date.accessioned | 2025-12-05T05:44:47Z | |
| dc.date.available | 2025-12-05T05:44:47Z | |
| dc.date.issued | 2024-04 | |
| dc.description | Taklif va tavsiyalar. Zaxira yerlar asosan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini, shuningdek sanoat, transport, boshqa noqishloq xoʼjalik maqsadlari, jamoa bogʼdorchiligi va polizchiligini rivojlantirish uchun zaxira boʼlib xizmat qiladi. Shuni aloxida taʼkidlash kerakki, zaxira yerlar keyinchalik koʼproq qishloq xoʼjaligi extiejlariga egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish uchun maqsad qilib qoʼyiladi. Doimiy egalik qilish va foydalanish uchun fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilmagan hamma yerlar zaxira yerlardir. Bularga muvofiq egalik qilish va foydalanish huquqi to‘xtatilgan yerlar ham kiradi. Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi: 1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; 2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda; 3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtaganda; 4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda; 5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida; 6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnat munosabatlari to‘xtatilganda; 7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xo‘jaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanadi; 8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulg‘anishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda; | en_US |
| dc.description.abstract | Har qanday mamlakatda, uning milliy boyligi hisoblangan yer resurslaridan foydalanishni samarali tashkil etish, birinchi galda, uni shu joyda tashkil etilgan maxsus organlar yordamida oqilona boshqarishni talab etadi. Bu qoida respublikamiz yer maydonlariga ham tegishli bo‘lib, ular umumxalq mulki, mamlakatning milliy boyligidir. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2021-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44896,4 ming gektarni tashkil etib, uning 80% ga yaqini turli korxona, muassasa va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarga turli huquqlar asosida foydalanishga berilgan. Shunday ekan, ushbu yer maydonlarini bugungi bozor sharoitiga mos ravishda iqtisodiyotning turli sohalarida samarali va unumli foydalanishni, ularni va umuman, atrof muhitni muhofaza qilishni o‘z vaqtida davlat darajasida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun ham respublikada maxsus boshqaruv tizimi tashkil etilgan. | en_US |
| dc.description.sponsorship | Zaxira yerlarining tushunchasi Oʼzbekiston Respublikasi Yer kodeksida bayon qilingan. Shu kodeksning 78-moddasida taʼkidlanishicha, kodeksni 8-moddasining 1- 7-bandlarida koʼrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan xamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va moʼlk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir. Zaxira yerlar tuman, shaxar davlat xokimiyati organlarining tasarrufida boʼladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga moʼljallanadi. Zaxira yerlar – Oʼzbekiston yer fondi tarkibida mustaqil toifani tashqil etib, ularning maydoni 7596,1 ming ga yoki butun yer fondining 17,0 % ini tashqil etadi. Maʼlumki, davlatning yerga boʼlgan egalik huquqini amalga oshiruvchi Respublika xokimiyati idoralari yer uchastkalarini korxonalar, muassasalar, tashqilotlar oʼrtasida taqsimlaydilar. Bir qism yerlar esa boʼlinmasdan qoladi. Boʼlar, asosan, oʼzlashtirilmagan yerlardir. Bular keyinchalik xoʼjalik oborotiga kiritiladigan rezerv yoki eqologik muvozanatni taʼminlab turadigan yerlardir. Shunday qilib, zaxira yerlarni ikki turga boʼlish mumkin – yerdan foydalanishda rezerv rolini oʼynaydigan, yaʼni keyinchalik foydalanish uchun baza boʼlib xizmat qiladigan va foydalanishga umuman yaroqsiz boʼlgan yerlar. Zaxira yerlar asosiy foydalanish maqsadiga koʼra xar qanday boshqa yer fondi toifasiga oʼtib ketishi mumkin. Bunday xolatlarda ularga oʼsha yer fondining huquqiy xolati qoʼllaniladi. | en_US |
| dc.identifier.issn | 2181-4027 | |
| dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4249 | |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.subject | Zaxira yer tushunchasi, zaxira yerlar, Zaxira yerlar asosiy foydalanish maqsadi. | en_US |
| dc.title | ZАXIRА YERLАRINING HUQUQIY HOLАTI | en_US |
| dc.title.alternative | PEDAGOGS” international research journal | en_US |
| dc.type | Article | en_US |