ZАXIRА YERLАRINING HUQUQIY HOLАTI

Loading...
Thumbnail Image

Authors

Tursunov Suhrob Ro‘zimurod o‘g‘li

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

Abstract

Har qanday mamlakatda, uning milliy boyligi hisoblangan yer resurslaridan foydalanishni samarali tashkil etish, birinchi galda, uni shu joyda tashkil etilgan maxsus organlar yordamida oqilona boshqarishni talab etadi. Bu qoida respublikamiz yer maydonlariga ham tegishli bo‘lib, ular umumxalq mulki, mamlakatning milliy boyligidir. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2021-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44896,4 ming gektarni tashkil etib, uning 80% ga yaqini turli korxona, muassasa va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarga turli huquqlar asosida foydalanishga berilgan. Shunday ekan, ushbu yer maydonlarini bugungi bozor sharoitiga mos ravishda iqtisodiyotning turli sohalarida samarali va unumli foydalanishni, ularni va umuman, atrof muhitni muhofaza qilishni o‘z vaqtida davlat darajasida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun ham respublikada maxsus boshqaruv tizimi tashkil etilgan.

Description

Taklif va tavsiyalar. Zaxira yerlar asosan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini, shuningdek sanoat, transport, boshqa noqishloq xoʼjalik maqsadlari, jamoa bogʼdorchiligi va polizchiligini rivojlantirish uchun zaxira boʼlib xizmat qiladi. Shuni aloxida taʼkidlash kerakki, zaxira yerlar keyinchalik koʼproq qishloq xoʼjaligi extiejlariga egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish uchun maqsad qilib qoʼyiladi. Doimiy egalik qilish va foydalanish uchun fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilmagan hamma yerlar zaxira yerlardir. Bularga muvofiq egalik qilish va foydalanish huquqi to‘xtatilgan yerlar ham kiradi. Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi: 1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; 2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda; 3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtaganda; 4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda; 5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida; 6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnat munosabatlari to‘xtatilganda; 7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xo‘jaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanadi; 8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulg‘anishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

Citation