INDIGOFERA TINCTORIA L. O‘SIMLIGINING AGROEKOTIZIMDAGI AHAMIYATI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
AGRO KIMYO HIMOYA VA O‘SIMLIKLAR KARANTINI
Abstract
Ushbu maqolada tabiiy indigo bo‘yog‘i manbai hisoblangan Indigofera tinctoria L. o‘simligining agrobiologik xususiyatlari, iqtisodiy va ekotizimdagi ahamiyati, oziq-ovqat va chorvachilikda qo‘llanilishi, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida uni samarali yetishtirish tizimi haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.
Description
So‘nggi yillarda jahon miqyosida ekologik barqarorlik, tabiiy xom ashyolardan foydalanish va biotexnologiya asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Bu jarayon, ayniqsa, to‘qimachilik, oziqovqat va farmatsevtika sohalarida sintetik moddalar o‘rnini tabiiy manbalar egallayotganini ko‘rsatadi [1]. Shunday tabiiy va iqtisodiy jihatdan istiqbolli manbalardan biri Indigofera tinctoria L., ya’ni indigoferina o‘simligidir. U tarixan insoniyatning ilk sivilizatsiyalaridan beri ma’lum bo‘lib, tabiiy bo‘yoq sifatida Misr, Hindiston, Xitoy va Mesopotamiyada keng qo‘llanilgan [4]. Arxeologik topilmalardan ma’lumki,
indigo bo‘yog‘i miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq ipak va paxta matolarini bo‘yashda ishlatilgan.