RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA EKIN YERLARINING EKOLOGIK HOLATI MONITORINGI VA GEOPORTAL YARATISH

dc.contributor.authorNorqulova Gulshoda Samandar qizi
dc.date.accessioned2026-10-12T06:17:43Z
dc.date.available2026-10-12T06:17:43Z
dc.date.issued2025-04-18
dc.descriptionEkin yerlarining ekologik holatini boshqarish uchun kadastr, tuproqmeliorativ va irrigatsiya ma’lumotlarini yagona geoma’lumotlar bazasida birlashtirish zarur. Navoiy viloyati tajribasi 19 qatlamli bunday bazani yaratish mumkinligini ko‘rsatdi. Geofazoviy bog‘lash aniqligi mustahkam geodezik belgilar va GNSS o‘lchashlariga asoslanadi: Karmana tumanida 10 ta belgi o‘rnatilib, koordinatalar katalogi tuzildi.
dc.description.abstractMaqolada ekin yerlarining ekologik holatini monitoring qilish va uni yer tuzish loyihalarida hisobga olish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari yoritilgan. Geoaxborot tizimi (GAT), masofadan zondlash ma’lumotlari, mustahkam geodezik belgilar va global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimi (GNSS) o‘lchashlariga asoslangan geoma’lumotlar bazasini yaratish tartibi hamda ekologik qatlamlarni vizuallashtiruvchi veb-geoportalni ishlab chiqish yondashuvi bayon etilgan
dc.description.sponsorshipEkin yerlaridan oqilona foydalanish va ularning ekologik holatini nazorat qilish ishonchli, o‘zaro bog‘langan va muntazam yangilanib turadigan ma’lumotlarni talab etadi. Qashqadaryo viloyati yer fondi 2 856 799 gektarni tashkil etadi. Yerlarni kadastr hujjatlari asosida inventarizatsiya qilish natijalariga ko‘ra, ish boshlanishidan oldin bu maydonning atigi 6 % (taxminan 171,4 ming gektar) davlat ro‘yxatidan o'tgan, 94 % (taxminan 2 685,4 ming gektar) esa ro‘yxatdan o‘tmagan edi [1]. Inventarizatsiya natijasida yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari uch toifaga ajratildi: yashil toifaga 227 131 ta, sariq toifaga 478 889 ta, qizil toifaga 19 467 ta obyekt kiritildi [1]. Bu holat har bir yer uchastkasining aniq chegarasi, maydoni va holati to‘g‘isidagi ma’lumotlarni geoaxborot tizimida to‘plash zarurligini ko‘rsatadi.
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/4707
dc.language.isoother
dc.publisherRESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI TO‘PLAMI
dc.subjectraqamli texnologiyalar
dc.subjectgeoaxborot tizimi
dc.subjectmasofadan zondlash
dc.subjectgeodezik belgilar
dc.subjectgeoportal
dc.subjectekologik monitoring
dc.subjectekin yerlari
dc.titleRAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA EKIN YERLARINING EKOLOGIK HOLATI MONITORINGI VA GEOPORTAL YARATISH

Files

Original bundle

Now showing 1 - 1 of 1
Loading...
Thumbnail Image
Name:
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA EKIN YERLARINING.pdf
Size:
864.66 KB
Format:
Adobe Portable Document Format

License bundle

Now showing 1 - 1 of 1
Loading...
Thumbnail Image
Name:
license.txt
Size:
1.71 KB
Format:
Item-specific license agreed upon to submission
Description:

Collections