EKIN YERLARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH KO'RSATKICHLARI TIZIMI VA UNI YER TUZISH LOYIHALARIDA HISOBGA OLISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI TO‘PLAMI
Abstract
Maqolada ekin yerlaridan oqilona foydalanishda yerlarning
ekologik holatini hisobga oluvchi yer tuzish yechimlarini takomillashtirishning uslubiy
asoslari yoritilgan. Yerlarning ekologik holatini tavsiflovchi oltita ko‘rsatkich
(sho‘rlanish, gipslanish, sizot suvlarining minerallashuvi, eroziya, tuproq bonitet bali
va irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining holati) tanlab olinib, ularning asosida
ekologik holatning integral indeksini hisoblash tartibi taklif etilgan.
Description
Ekin yerlaridan oqilona foydalanishda yer tuzish loyihalari tuproq
unumdorligi bilan bir qatorda yerlarning ekologik holatini ham hisobga olishi kerak.
Sho'rlanish ekinlar hosildorligini 8 dan 50 foizgacha kamaytirishi, gipslanish esa suv
o'tkazuvchanlikni taxminan ikki barobar pasaytirishi bunga asos bo'ladi.
1. Ekologik holat oltita ko'rsatkich (sho'rlanish, gipslanish, sizot suvlari
minerallashuvi, eroziya, bonitet bali, tarmoqlar holati) bo'yicha ballarda baholanadi va
integral indeks E_eko orqali ifodalanadi. Indeks qiymatiga ko'ra ekin yerlari to'rtta
ekologik guruhga ajratiladi.
2. Har bir ekologik guruh uchun yer tuzish loyihasida ekinlarni joylashtirish,
almashlab ekish va meliorativ tadbirlar bo'yicha alohida yechimlar ishlab chiqilgan.
Navoiy viloyatida bunday yondashuv (ekinlarni gips qatlamining chuqurligiga ko'ra
joylashtirish) tajribada sinab ko'rilgan.
3. Qashqadaryo viloyatida sho'rlangan 232,3 ming gektar va suv ta'minoti
past bo'lgan 83,5 ming gektar yer, shuningdek mavjud monitoring tizimlari (kuzatuv
quduqlari, nasos stansiyalari) taklif etilgan baholashni joriy etish uchun zarur axborot
asosini yaratadi.