TEXNIK YO‘NALISHLARNING BO‘LAJAK BAKALAVRLARIDA GIPOTETIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

Abstract

Mazkur maqolada ta’limning texnik yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bo‘lajak bakalavrlarda gipotetik tafakkurni shakllantirish masalalari yoritilgan. Mualliflar fikriga ko‘ra, gipotetik tafakkur mutaxassisning ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash, xatarlarning oldini olish va hayotiy hamda ishlab chiqarishdagi kritik vaziyatlarda maqbul qaror qabul qilishga tayyorligini ifoda etadigan xavfsizlik madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Axborot-ta’lim muhitining fazoviypredmet, ijtimoiy va kommunikativ komponentlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, fanlararo integratsiyaning ahamiyati va xavfsizlik madaniyati qadriyatlarining shakllanishidagi o‘rni ochib berilgan. Xususan, hayot va salomatlikni saqlash, javobgarlik, ekologik xavfsizlik, mustaqil qaror qabul qilish kabi terminal qadriyatlar hamda kasbiy me’yorlar, intizom, mas’uliyat, bag‘rikenglik kabi instrumental qadriyatlar ta’lim jarayonining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan

Description

Ta’limning texnik yo‘nalishlari bulajak bakalavrlarining gipotetik tafakkurini biz mutaxassisning ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash va xatarlarning oldini olish sohasidagi motivatsiya, bilim, ko‘nikma va tajriba darajasini aks ettiradigan, unga hayotiy va ishlab chiqarish kritik vaziyatlarida maqbul tanlov qilishga tayyorligini ta’minlaydigan xavfsizlik madaniyati qadriyatlariga gipotetik-yo‘naltirilgan tafakkurda, yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlarining ajralmas xususiyati sifatida ko‘rib chiqiladi.

Citation