GEODEZIK USULLARDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING CHEGARALARINI ANIQLASH.
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
(Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda respublikamizda qishloq
xo‘jaligi yerlarini topografik jihatdan o‘rganish va yer maydonlarining chegaralarini
aniqlash hamda belgilash bo‘yicha keng ko‘lamli islohatli ishlar olib borilayotganligi,
qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara hududlarini aniqlash va belgilash borasida
geodeziya, kartografiya va geoinformatika sohasining o‘rni muhim sanalishi, loyihani
joyiga ko‘chirish asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara maydonlarini aniqlash
va belgilab berishda yerdan va fazodan turib tadqiq etish ko‘lami ortib bormoqda va
mazkur ishlar respublikamizda muhim o‘rin tutishi jahonda va uning turli
mintaqalarida yerdan foydalanuvchilarning chegara hududlarini maxsus to‘siqlar
yordamida himoyalashga alohida ahamiyat qaratilgan
Description
Shuning dek, Leica FlexLine TS02 plus elektron taxeometri texnik va o‘rtacha
aniqlikda s’yomka ishlarning barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va
qulay asbob hisoblanadi. Bu asbob katta grafik oq–qora displey, harfliraqamli
klaviatura, bluetooth simsiz aloqa bilan jihozlangan va SmartWorx Viva dasturiy
ta’minoti orqali yanada moslashuvchanlikka erishish mumkin.
Leica FlexLine TS06 plus elektron taxeometri o‘rtacha aniqlikda kundalik
syomka ishlarning barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va qulay asbob
hisoblanadi.Unda katta grafik oq–qora displey, harfli – raqamli klaviaturadan
tashqari, yangi o‘rnatilgan Leica FlexFildplus dasturi va yangi rangli sensor displey
bilan jihozlangan.
Leica FlexLine TS09 plus elektron taxeometri Leica FlexLine plus asboblari
turkumida yetakchi model bo‘lib, yuqori aniqlikdagi ishlar uchun ideal asbob
hisoblanadi. TS09 plusning kengaytirilgan konfiguratsiyasi uni favqulodda
moslashuvchan asbobga aylantiriladi, chunki u bilan nafaqat kundalik s’yomka
ishlarni, balki har qanday murakkab masalalarni katta ishonch bilan bajarish mumkin.
Yangi o‘rnatilgan Leica FlexFildplus dasturi va yangi rangli sensor displey
bajarilayotgan ishlar samarasini yanada oshirishiga imkon beradi.