O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAFAQA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida nafaqa tizimini takomillashtirish mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy mazmuni O‘zbekistondagi pensiya va nafaqa islohotlari tahliliga qaratilgan. Fuqarolarga davlat yoki boshqa subyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va odatda umrbod to‘lanadigan to‘lovlar, ya’ni pensiya va nafaqalar ko‘rinishida bo‘lishi ushbu maqolada to‘liq aks ettirilgan. Maqolada aksariyat mamlakatlar tajribasi asosida o‘rganilgan pensionerlarning kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi uzayishi bilan bog‘liq holda mablag‘larni qat’iy taqsimlash, pensiya tizimlarida taqchillik yuzaga kelishi bilan bog‘liq muammoni ilmiy asosda hal etishga doir faoliyat e’tibor qaratilgan. Pensionerning turmush darajasini ta’minlay oladigan minimal pensiyani joriy etish, mehnat faoliyati davomida to‘langan badallar va pensiya miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlash, pensiya to‘lovlarini moliyalashtirish manbalarini tabaqalashtirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi pensiya tizimlarini isloh etishning ilmiy-konseptual asoslari takomillashtirilayotgani maqolada bayon etilgan. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boquvchisini yo‘qotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash pensiya ta’minoti tizimining muhim maqsadlaridan biri ekan, maqolada muallif qisman ushbu masalalarga to‘xtalgan.

Description

Citation