MAISHIY ISTE’MOLCHILARNI DIFFERENSIALLASHGAN TARIFLAR TIZIMIGA O‘TKAZISH ORQALI ENERGETIK SAMARADORLIKNI OSHIRISH METODIKASI: NAZARIYA VA ILMIY TAHLIL
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
ЭНЕРГИЯ ВА РЕСУРС ТЕЖАШ МУАММОЛАРИ
Abstract
Maishiy iste’molchilarni differensiallashgan tariflar tizimiga o‘tkazish zamonaviy
energetika siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada
O‘zbekiston energetika tizimida yuklamadagi mavsimiy va sutkalik o‘zgarishlarni hisobga
olgan holda, maishiy iste’molchilar uchun vaqtga bog‘liq tariflash mexanizmlarini joriy
etishning ilmiy-amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida elektr energiyasi
iste’molining kunlik profillari o‘rganilgan, «tig‘iz», «kunduzgi» va «tungi» soatlar
aniqlangan, va shu asosda ratsional tarif zonalashtirish taklif etilgan. Metodologiya sifatida
statistik tahlil, modellashtirish va ssenariylar asosida prognoz qilish usullaridan
foydalanilgan. Shuningdek, aqlli hisoblagichlar orqali real vaqtda ma’lumot to‘plash va
monitoring qilishning samaradorligi ko‘rsatilgan. Maqolada tarif tizimini joriy etish
jarayonida iste’molchilarda rag‘batlantirish va xabardorlikni oshirish orqali ijobiy
o‘zgarishlarga erishish mumkinligi ta’kidlangan. Ushbu metodika nafaqat energetik tizim
barqarorligini oshirish, balki iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi