KICHIK QUVVATLI BIR FAZALI ELEKTR ISTE’MOLCHILARNI SIMISTOR ASOSIDAGI KONTAKTSIZ QURILMALAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
Abstract
Kichik quvvatli elektr iste’molchilarni bir
fazali elektr tarmog‘idan samarali va xavfsiz
tarzda ta’minlash, ayniqsa ularni
kommutatsiyalash jarayonida, ishonchli va
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan
kommutatsiya apparatlaridan foydalanishni talab
etadi. An’anaviy rele yoki kontaktorlar asosidagi
kommutatsiya qurilmalari uzoq yillardan buyon
qo‘llanib kelinayotgan bo‘lsa-da, ular mexanik
harakatlanuvchi qismlarga ega bo‘lib, bu esa
ularning xizmat muddati va ishonchliligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada simistor
asosida ishlab chiqilgan kontaktsiz
kommutatsiyalash qurilmasi haqida batafsil
ma’lumotlar keltirilgan. Bunday qurilmalar,
ayniqsa, maishiy yoki sanoat tarmoqlarida
ishlatiladigan kichik quvvatli nasoslar, isitgichlar
va boshqa bir fazali yuklamalarni
avtomatlashtirib boshqarishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Simistor asosidagi kontaktsiz
kommutatsiyalash qurilmalari o‘zining
ixchamligi, yuqori ishonchliligi, kam energiya
sarfi va shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi.
Qurilma tarkibida mexanik kontaktlarning
yo‘qligi tufayli u uzoq muddat xizmat qiladi va servis xarajatlarini kamaytiradi. Shu bois, ushbu
turdagi qurilmalar kichik quvvatli elektr
tizimlarida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.