Mintaqa xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zinio‘ zi band qilish orqali kambag‘allikni kamaytirishning muhim jihatlari

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

INNOVATSION IQTISODIYOT ilmiy amaliy elektron jurnal

Abstract

Ushbu maqolada mintaqa xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi band qilishning maqsad va vazifalari,uning ahamiyati,o’zini-o’zi band qilish orqali kambag‘allikni qisqartirishning o’ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilishning afzalliklari,aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni hududlarda o‘rganishlar natijasi bo‘yicha “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishning muhim jihatlari haqida bayon etilgan.Ahоli fаrоvоnligi dаrаjаsi uzluksiz о‘zgаrib turuvchi kо'rsаtkichlаri, hududlаrdа аhоli fаrоvоnligini tаkоmillаshtirish mаqsаdidа аmаlgа оshirilаyоtgаn dаsturlаrning mоnitоringini оlib bоrish, xоrij tаjribаsidаn аmаliy fоydаlаngаn hоldа hududlаrdа tаdbirkоrlikni rivоjlаntirish,yаngi ish о'rinlаri оchish, аhоli dаrоmаdini kо'pаytirish orqali ularning turmush sifati yaxshilanishi natijasida aholi farovonligini oshirish jarayonlari bo’yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Description

O‘zbekistonda rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish jarayonida yangi iqtisodiy tizim, ya’ni erkin bozor munosabatlari shakllanmoqda. Bu ishlab chiqarish sohasida, taqsimot, almashuv hamda mulkiy munosabatlarda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Eng muhimi islohotlar jarayonida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot mohiyatiga xos tarzda ekstensiv rivojlanish yo‘lidan intensiv rivojlanish yo‘liga o‘tildi. Milliy iqtisodiyotning intensiv asosda rivojlanish yo‘li barcha resurslardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Iqtisodiy islohotlar jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning intensiv rivojlanishi natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari jadallashdi, resurslardan samarali foydalanish natijasida maxsulot tannarxi pasayib, uning sifati oshdi

Citation