YERLARNI TAQSIMLASH VA QAYTA TAQSIMLASHNING SUG‘ORILADIGAN EKIN YERLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TO‘PLAMI

Abstract

Tezisda Qashqadaryo viloyati misolida yerlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarining sug‘oriladigan ekin yerlaridan foydalanish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini kengaytirish, suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda sug‘oriladigan ekin yerlarini asossiz ravishda boshqa maqsadlarga ajratishni cheklash yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, qayta taqsimlash jarayonida yetkaziladigan qishloq xo‘jaligi zararlarini to‘liq qoplash mexanizmlarini kuchaytirish sug‘oriladigan yerlarni muhofaza qilish va barqaror ishlab chiqarishni ta’minlashga xizmat qilishi asoslab beriladi.

Description

Yerlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari sug‘oriladigan ekin yerlaridan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘oriladigan yerlarni asossiz ravishda boshqa toifalarga o‘tkazishni cheklash, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini kuchaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Ushbu yondashuv hududiy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Citation