QASHQADARYO VILOYATI YER FONDINING YER TOIFALARI VA TURLARI BO‘YICHA TAHLILI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TO‘PLAMI
Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati yer fondining tarkibi,
uning yer toifalari va yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi hamda ulardan foydalanish
holati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyat hududida mavjud qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat va transport infratuzilmasi yerlari,
o‘rmon va suv fondi yerlari hamda zaxira yerlarning hududiy ulushi o‘rganilgan
Description
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
Qashqadaryo viloyati yer fondi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan strategik tabiiy resurs hisoblanadi. Viloyat hududida yer
fondining tarkibi turli yer toifalari va yer turlaridan iborat bo‘lib, ularning har biri
hudud iqtisodiyotining turli sohalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Yer
fondining to‘g‘ri taqsimlanishi, undan samarali foydalanish hamda uni muhofaza qilish
masalalari hududning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim omillardan biri
hisoblanadi.