Daryo va kanallarda suv sarfini aniqlashda bajariladigan usullar va uning asosiy afzalliklari
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TO‘PLAMI
Abstract
Bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki yer yuzida chuchuk suv manbai hisoblangan daryolar, ko‘llar, muzliklar hamda yer osti suviga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib borishi barobarida, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kengaytirish dolzarb masala hisoblanadi. Iqtisodiyotning asosiy ustuni hisoblangan qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash, suvga bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun albatta daryo suvlarining miqdor jihatdan o‘rganish hamda uni doimiy o‘lchash, asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Description
Suv resurslaridan foydalanishning bosh mezoni bu suvning hisob-kitobini uning birinchi manbai suv ombori, daryo, kanallardan, bevosita iste’molchi fermer dalasigacha tug‘ri yuritishdir. Suvni taqsimlash va boshqarishni samarali uslubini amalga oshirish uchun aniq suv o‘lchash imkoniyatlariga ega bo‘lishimiz kerak. Suv omboridan magistral kanallargacha, magistral kanallardan xo‘jaliklararo kanallargacha, xo‘jaliklararo kanallardan har bir quloqlargacha suvni aniq miqdorini bilishga o‘lchay olishga erishsak, ko‘zlagan maqsadga erishishimizni kafolatlaymiz.