NEFT KONLARINI SUV BOSTIRISH ORQALI ISHLATISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA VAZIFALARI
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Abstract
Mazkur maqolada neft konlarini suv bostirish texnologiyalarining hozirgi holati, ularning samaradorligi va rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Farg‘ona vodiysi misolida sun’iy suv bostirishning tarixiy rivojlanishi, iqtisodiy samaradorligi va hozirgi davrga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari, suv bostirish tizimlarini takomillashtirish orqali neft qazib olish sur’atlari va oxirgi neft berish ko‘rsatkichlarini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Tadqiqot davomida Farg‘ona vodiysi neft konlarida 1952-yildan boshlangan sun’iy suv bostirish jarayonlari tahlil qilindi. Ilmiy ishlanmalar va amaliy tajribalardan foydalanib, suv bostirish usullari samaradorligi baholandi. Shuningdek, texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha jahon tajribasi va milliy amaliyot tahlil qilindi.
Suv bostirish usuli Farg‘ona konlarida neft qazib olish sur’atlarini oshirgan. Chekka suv bostirishning murakkab sharoitlarda samaradorligi pastligi aniqlangan. Ichki suv bostirish tizimlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan omillar ko‘rsatildi. Sun’iy suv bostirish qo‘shimcha neft olish imkoniyatlarini yaratgan.
Maqolada ko‘rsatib o‘tilganidek, suv bostirish texnologiyalari neft qazib olish jarayonining asosiy usuli bo‘lib qolmoqda. Suv bostirish tizimlarini takomillashtirish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Shu sababli, mavjud texnologiyalarni yanada rivojlantirish va zamonaviy tizimlarni joriy etish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.