Theses
Permanent URI for this collectionhttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/138
Browse
Recent Submissions
Item type: Item , OZIQ-OVQAT SANOATIDA ISHLATILADIGAN MIKROORGANIZMLARNING EKOLOGIK XAVFSIZLIGINI BAHOLASH VA ULARNI AGROSANOATGA JORIY ETISH IMKONIYATLARI(Oʻsimliklarni himoya qilishning innovatsion biotexnologiyalari: yutuqlar va istiqbollari Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlari toʻplami, 2025-05-22) Yusufova D.R; Ulashov DustmurodUshbu maqolada oziq-ovqat sanoati va agrosanoatda keng qo‘llanilayotgan mikroorganizmlarning ekologik xavfsizligi baholandi. Tadqiqotda mikroorganizmlarning GRAS maqomi, antimikrobik rezistentlik, genetik barqarorlik va atrof-muhitdagi omon qolish qobiliyati asosiy mezonlar sifatida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ularning agrosanoatdagi amaliy qo‘llanilishi va barqaror ishlab chiqarishdagi ahamiyati yoritildiItem type: Item , ISSUES OF INCREASING THE EFFICIENCY OF FOREIGN INVESTMENTS IN THE CONDITIONS OF AN INNOVATIVE ECONOMY(“Xizmatlar sohasida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2025-03-25) Azizbek AbduraxmonovMazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Innovatsion iqtisodiyot yangi texnologiyalar va ilmiy yutuqlar orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda xorijiy sarmoyalar muhim rol o‘ynaydi. Maqolada xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalari hamda oriiy investitsiyaning mohiyati va ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan. Xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotida bir qancha muhim funksiyalarni bajarishiga oid dolzarb muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida xorijiy investitsiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ba’zi ilmiy tadqiqot va amaliyot uchun dolzarb muammolarni yoritadi.Item type: Item , SUT MAHSULOTLARI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY USULLARNI QO‘LLASH(Development of science, 2025-04-04) Xolmurodov Bahodir Bahrom o‘g’liUshbu maqolada sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari tahlil qilingan. Xususan, sutni qayta ishlash jarayonlarida ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya, pastyerizatsiya, fermentatsiya va ultratovushli cho‘ktirish kabi ilg‘or usullarning samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar sut mahsulotlarining sifatini oshirish, mikrobiologik xavfsizlikni ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi va jahonda sut ishlab chiqarish dinamikasi, iste’mol ko‘rsatkichlari va sanoat rivojlanishining istiqbollari yoritilgan. Zamonaviy texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligi, ekologik ta’siri va sanoat miqyosida qo‘llash qulayligi bo‘yicha taqqoslamalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ilg‘or yondashuvlardan foydalanish iste’molchilar talabiga javob beradigan, yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon yaratadi.Item type: Item , PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AIMED AT INCREASING STUDENT ACTIVITY IN THE LEARNING PROCESS(CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference, 2025-01-27) Shkirova DilnozaThis article discusses in detail the possibility of improving the quality of education through the use of innovative interactive technologies. It also provides an analysis of the types of many pedagogical technologies aimed at increasing student activity in the educational process, their brief descriptions, and the effective results achieved when using them in the educational process.Item type: Item , KOMPOZIT ARALASHMADAGI KLEYKOVINA MIQDORI VA SIFATI(PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 2025-02-02) Evatov G’iyosjon Hamza o’g’li; Sanayev Ermat Shermatovich; Azamatov Umid ZokirovichMahalliy bug’doy, grechka va soya unlaridan iborat kompozit aralashmadagi kleykovina miqdori va sifati oziq-ovqat mahsulotlarining texnologik jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda turli kompozit un aralashmalaridagi kleykovina miqdori va uning elastiklik, cho‘ziluvchanlik hamda strukturaviy xususiyatlariga ta’siri o‘rganiladi. Olingan natijalar asosida optimal nisbatlar aniqlanib, mahsulot sifatini oshirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari kompozit un asosida tayyorlangan mahsulotlarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilashga ham yordam beradi.Item type: Item , ELEKTR ENERGIYA TA’MINOT TIZIMDA ELEKTR ENERGIYA NARXI VA YASHIL IQTISODYOT O‘TISH TAHLILI(“IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF WATER CULTURE” MATERIALS OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC – PRAKTICAL CONFERENCE, 2025-03-25) Doliyev Shoxabbos Qulmurot o‘g‘liMazkur maqolada O‘zbekistonda elektr energiyasi narxining o‘zgarish dinamikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi tahlil qilinadi. 2010–2017 yillarda elektr energiyasi narxining o‘sishi va 1990–2023 yillar davomida qayta tiklanuvchi energiya ulushining pasayish tendensiyalari asosida yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni baholanadi. Tahlil natijalari energiya narxi va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi. Maqolada statistika va ekonometrik yondashuv asosida energiya siyosatini optimallashtirish zarurligi asoslab beriladi