Conference Proceedings

Permanent URI for this collectionhttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/137

Browse

Recent Submissions

Now showing 1 - 9 of 9
  • Item type: Item ,
    JANUBIY ZARAFSHON TIZMASIDA O‘STIRILAYOTGAN TURKISTON AYUGASI (AJUGA TURKISTANIKA (REGEL) BRIQ.) NING O‘SISH – RIVOJLANISHIGA OID DASTLABKI MA’LUMOTLAR
    (Oʻsimliklarni himoya qilishning innovatsion biotexnologiyalari: yutuqlar va istiqbollari Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlari toʻplami, 2025-05-22) Ulashov Dustmurod; Kadirov B.E
    Hozirgi kunda jamiyatda kimyoviy dori vositalari odamlarning sog‘ligini saqlashda asosiy preparatlarga aylanib qolgan, lekin bunday dorilarning organizimga ijobiy ta’siri bilan birga salbiy ta’sir qilishi ham bizga ma’lum. Shu o‘rinda tabobatda dorivor o‘simliklar va ulardan tayyorlanadigan tabiiy mahsulotlardan foydalanishni taqazo etmoqda, chunki ulardan to‘g‘ri foydalanganda noxush va zararli holatlar kimyoviy va sun’iy dori vositalarnikidan ko‘ra kam yoki yo‘q. Bunday holatlarda albatta tirik organizimlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan biologik faol moddalardan foydalanish zarurati paydo bo‘ladi.
  • Item type: Item ,
    NONNING MOGʻORLANISHIGA SABAB BO‘LADIGAN ZAMBURUG‘LARNING O‘SIMLIKLARGA QARSHI HIMOYA NAZARIYASI BILAN BOGʻLIQLIGI
    (Oʻsimliklarni himoya qilishning innovatsion biotexnologiyalari: yutuqlar va istiqbollari Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlari toʻplami, 2025-05-22) Ulashov Dustmurod
    :Mazkur maqolada non mahsulotlarining mog‘orlanishiga sabab bo‘ladigan zamburug‘lar – Aspergillus niger, Penicillium chrysogenum va Rhizopus stolonifer – ning biologik xususiyatlari o‘rganildi. Ularning o‘simlik patogenlariga xos fermentlar ishlab chiqarish qobiliyati baholanib, o‘simliklarga qarshi himoya nazariyasi bilan umumiyliklari tahlil qilindi. Tadqiqotda shuningdek, laktik kislota bakteriyalarining antifungal xususiyatlari ham baholandi. Natijalar non mahsulotlarini mog‘orlanishga qarshi biologik himoya qilishda o‘simlik mikrobiologiyasiga asoslangan yondashuvlar istiqbolli ekanini ko‘rsatdi
  • Item type: Item ,
    ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARUVCHI MIKROORGANIZMLARDAN O‘SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YECHIMLAR
    (2025-05-22) Asatova N.R.; Ulashov Dustmurod
    Ushbu maqolada antibiotik xususiyatiga ega mikroorganizmlarning o‘simliklarni himoya qilishdagi roli ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Streptomyces, Bacillus va Pseudomonas kabi mikroorganizmlar tomonidan sintez qilinadigan tabiiy antibiotiklar o‘simlik patogenlariga qarshi samarali kurashish vositasi hisoblanadi. Mazkur mikroorganizmlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri patogenlarga ta’sir ko‘rsatadi, balki o‘simlikning immun tizimini faollashtirib, ekologik xavfsiz muqobil himoya usulini yaratadi.
  • Item type: Item ,
    O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA ISHLATILADIGAN PESTITSIDLARNING OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAGI MIKROBIAL IFLOSLANISH BILAN O‘ZARO TA’SIRI
    (Oʻsimliklarni himoya qilishning innovatsion biotexnologiyalari: yutuqlar va istiqbollari Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlari toʻplami, 2025-05-22) Yusufova D.R; Ulashov Dustmurod
    Mazkur maqolada o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan pestitsidlarning oziq-ovqat mahsulotlarida Salmonella spp. mikroorganizmlari bilan o‘zaro ta’siri mikrobiologik tahlil asosida o‘rganildi. Sabzi mahsulotlariga Diazinon pestitsidi turli konsentratsiyalarda qo‘llanilib, 72 soat davomida bakterial o‘sish kuzatildi. Natijalar pestitsidning ayrim hollarda patogen mikroorganizmlarning ko‘payishiga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.
  • Item type: Item ,
    O‘SIMLIKDAN OLINADIGAN TABIIY ANTISEPTIKLAR ULARNING MIKROBIOLOGIK XOSSALARI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI KONSERVALASHDA QO‘LLANILISH
    (Oʻsimliklarni himoya qilishning innovatsion biotexnologiyalari: yutuqlar va istiqbollari Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlari toʻplami, 2025-05-22) Asatova N.R.; Ulashov Dustmurod
    Ushbu maqolada o‘simliklardan ajratilgan tabiiy antiseptiklarning oziq-ovqat mahsulotlarini konservatsiya qilishdagi roli yoritilgan. Antiseptiklarning mikrobiologik ta’siri, ularning patogen mikroorganizmlarga qarshi samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Olingan natijalar ularni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va o‘simliklarni himoya qilishda istiqbolli vosita sifatida foydalanish imkonini ko‘rsatadi
  • Item type: Item ,
    TARIQ DONINIDAN SAYQALLANGAN TARIQ YORMASINI ISHLAB CHIQARISHNI ENERGIYA TEJAMKOR SXEMASINI TASHKIL ETISH
    (OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA CHIQINDISIZ VA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH, 2025-05-14) Raxmonov Erkinjon Komil o‘g‘li
    Maqolada tariqning almashlab ekishda ahamiyati tahlil qilingan
  • Item type: Item ,
    Ozonlash jarayonini donni saqlashda qo'llash
    (Kimyo fanining muammolari nomli konferensiya, 2025-04-18) Pardayev Zafar
    Maqolada donni yig'imdan keyin saqlashda ozonlash jarayonidan foydalanish masalalari muhokama qilingan
  • Item type: Item ,
    ИНГИБИТОРЫ ГЛИНИСТЫХ ПОРОД
    (КОЛЛОИДНАЯ ХИМИЯ: ИННОВАЦИИ И РЕШЕНИЯ ДЛЯ ХИМИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ, ЭКОЛОГИИ И ПРОМЫШЛЕННОСТИ, 2025-02-07) Khuzhanazarova Sarvigul; Косназаров К.К; Адизов; Бухоров Ш.Б
    В данной работе проведён анализ эффективности существующих ингибиторов набухания глин, включая низкомолекулярные инкапсуляторы и графтированные сополимеры, в буровых растворах. Рассмотрены механизмы их действия, влияние на реологические и фильтрационные свойства растворов, а также способность поддерживать структурную целостность глинистых пород. Особое внимание уделено полимерным микросферам, которые демонстрируют повышенную термостойкость и устойчивость к солям, эффективно стабилизируя глинистые породы
  • Item type: Item ,
    THE INVESTIGATION FOCUSES ON HOW DIFFERENT RATIOS OF TRITICALE AND WHEAT FLOURS INFLUENCE THE RHEOLOGICAL CHARACTERISTICS OF DOUGH
    (2025-02-25) Mirzaev Jamol Dustiyarovich; Sadullaev Sirojiddin Khudoyberdi ogli
    This article discusses modern trends in the development of flour baking technology and methods for utilizing triticale grain. The rheological properties of dough prepared with various ratios of triticale and wheat flours, including water absorption capacity, gluten content, and starch retrogradation, were studied. Experimental results show that a 70:30 ratio of triticale to wheat flour yields optimal results. Additionally, further research is recommended on the high protein and amino acid content of triticale flour.