Theses
Permanent URI for this collectionhttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/70
Browse
Recent Submissions
Item type: Item , MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASINI O‘QITISHDA TALABALARNING KOGNITIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRIShNING INNOVATSION METODLARI(2024-10-31) F.X. BoymuratovMaqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini muhandislik va kompyuter grafikasini o‘qitishda innovatsion metodlarni qo’llash orqali ularning o’quv-bilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.Item type: Item , GRAFIK DASTURLAR ASOSIDA CHIZMACHILIK FAN TO‘GRAKLARINI TASHKIL ETISH.(INTELLEKT, 2023-10-05) Boymuratov F. X.Maqolada “Tutashmalarni AutoCAD dasturida chizish”, mavzuni о‘qitish uslubiyotilarini noan’anaviy usullarini ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish taklif qilingan. Bunday usullar qо‘llanilganda о‘quvchi-talabalarda tutashmalar haqidagi tasavvurining oshishi va ilk loyihalash tushunchalari paydo bо‘lishi, о‘ziga bо‘lgan ishonchi oshishi asoslab berilgan. Bu esa talabalar grafik ish bajarganlarida muhim ahamiyat kasb etadi.Item type: Item , MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI(2025-10-25) Boymuratov F. X.Mazkur maqolada “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik va tashkiliy usullari yoritilgan. Tadqiqotda bo‘lajak texnik mutaxassislarning innovatsion va intellektual faoliyatini rivojlantirishda interfaol o‘qitish texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni o‘quv jarayoniga yangi xabarlar, ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar maqsadini ro‘yobga chiqarish bosqichlari va tamoyillari haqida ma’lumotlar berilgan.Item type: Item , MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI FANINI ОʻQITISH TEXNOLOGIYALARI(INTELLEKT, 2024-03-04) F.X.BoymuratovUshbu maqolada talabalarning Muhandislik va kompyuter grafikasi fani mashgʻulotlarda kompyuter, internetdan foydalana olish, videodarslar texnologiyasi va taʼlim muhitini axborotlashtirish, оʻquv jarayoniga yangi xabarlar, maʼlumotlar, kоʻrsatkichlar maqsadini rоʻyobga chiqarish bosqichlari va tamoyillari haqida maʼlumotlar berilgan.Item type: Item , TA’LIM JARAYONIGA KREATIV YONDASHUVNI JORIY ETISHNING ZARURATI(INTELLEKT, 2023-05-20) Norchayev Abdulla JabborovichOʻzbekiston Respublikasida texnika oliy ta’lim muassasalarida muhandislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini ta’minlashda moddiy omillar oʻrinda ta’lim muasasasalarining yangi rivojlanish bosqichida yangilanayotlgan tuzilmaga kreativ yondashish zarur. Ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv asosida talabalarda muhandislik kompetentliklarni rivojlantirishning zarurligi oʻzaro faol munosabatlar ta’sirida rivojlanadigan koʻnikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim muhiti, oʻqitish shart-sharoitlari va metodlarining interfaol xarakter kasb etishini ta’minlashni talab qiladi.Item type: Item , ЎЗБЕКИСТОНДА СУВ РЕСУРСЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШДАГИ МУАММОЛАР, УЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ ВА УНИНГ ИҚТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИГИ(2021-03-27) И.Э.Саидов; А.Ж.Норчаев; О.ЯхёевСўнгги йилларда ер ва сув ресурсларидан самарали фойдаланиш, сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш, сув хўжалиги объектларини модернизация қилиш ва ривожлантириш бўйича изчил ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Шу билан бирга, глобал иқлим ўзгариши, аҳоли сонининг ва иқтисодиёт тармоқларининг ўсиши, уларнинг сувга бўлган талаби йил сайин ошиб бориши туфайли сув ресурсларининг тақчиллиги йилдан-йилга кучайиб бормоқда. Шуниси эътиборлики, Бутунжаҳон ресурслар институти маълумоти кўра Ўзбекистон сув танқислигига мойил бўлган 25 та давлат қаторига киради.Item type: Item , МАРКАЗДАН ҚОЧМА НАСОС ДЕТАЛЛАРИНИНГ ЕЙИЛИШ САБАБЛАРИ(INTELLEKT, 2018-04-21) А.Ж.НОРЧАЕВ; А.Н.ИСОҚОВМарказдан қочма насосларнинг деталларини пухталиги ҳам иқтисодий, ҳам экологик қийматга эгадир, марказдан қочма насосларнинг деталларини қайта тиклаш таннархи баъзида янги деталлар нархидан ҳам қимматроқ бўлади.Item type: Item , СУВ ХЎЖАЛИГИДА ИШЛАЁТГАН НАСОСЛАРНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШ ТАРИХИ ВА МУАММОЛАРИ(INTELLEKT, 2018-04-14) И.Х. Ғаймназаров; У.Ж. Қувватов; А.Ж. НорчаевСув манбаларидан юқорида жойлашган ерларни суғориш, ичимлик суви билан таъминлаш ва ифлос сувларни чиқариб ташлаш учун одамлар сувни ҳар хил усуллар билан юқорига кўтарганлар. Эрамиздан аввалги 3 мингинчи йилларда ҳам оддий сув кўтариш иншоотлари бўлганлиги ҳақида маълумотлар бор.Item type: Item , СУВ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМЛАРИДА ИШЛАЁТГАН СУҒОРИШ НАСОС СТАНЦИЯЛАР ТАРИХИ(INTELLEKT, 2018-03-14) И.Х. Ғаймназаров; У.Ж. Қувватов; А.Ж. НорчаевБиринчи насоснинг яратилиши узоқ тарихга эга. Эрамиздан аввалги IV аср Аристотель даврида оддий поршенли насослар ишлатилган. Сув кўтариш жиҳозлари одамлар ва уй ҳайвонлари ёрдамида қадимги Мисрда эрамиздан аввалги бир неча минг йил аввал ишлатилган. Рим империяси Сезер даврида эрамиздан аввалги I асрда сувни кўтариш учун поршенли насослар кенг қўлланилган.Item type: Item , GIBRID QUYOSH QURITISH QURILMALARINING SAMARADORLIGI VA QO‘LLANILISHI(ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI, 2025-04-26) O.A.QuziyevGibrid quyosh quritish qurilmalari quyosh energiyasini elektr isitgichlar bilan birlashtirib, quritish jarayonini barqarorlashtiradi. Ushbu tadqiqotda tabiiy va majburiy konveksiyali quritish usullari solishtirilib, ularning samaradorligi va qo‘llanilishi tahlil qilindi. Tajribalar natijasida majburiy konveksiyali quritish tezroq namlikni kamaytirishi (masalan, 40 soatda 52% → 9,2%) aniqlangan bo‘lsa-da, tabiiy konveksiya energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.