“GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR” TA’LIM YO‘NALISHI BО‘LAJAK MUHANDISLARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Hozirgi vaqtda rivojlangan zamonaviy ijtimoiy hayot faoliyatida
“Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandislarni tayyorlash
jarayoni bizning oldimizga kо‘pgina yangidan-yangi talablarni qо‘yadi. Bilimli zamonaviy
mutaxassis texnika asrida katta hajmdagi texnik bilimlarga ega bо‘lishi, texnologik jihatdan
yaxshi tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi, yangi ijodiy ishlarni yarata olishi kerak. Zamonaviy
muhandis metodologik bilimga ega bо‘lishi, ma’naviy-madaniy dunyoqarashlarni egallagan
bо‘lishlari, murakkab siyosiy va ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlarni muvaffaqiyatli
boshqarishga yordam beradigan, ishlab chiqarish zamonaviy tizimiga mos keladigan, ijodiy
qobiliyatlari va kasbiy bilimlarini tо‘liq anglay oladigan bilimlarga ega bо‘lmog‘i lozim.
“Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning
umumkasbiy tayyorgarligini rivojlantirish uchun zamonaviy bо‘lajak muhandislarni о‘qitish
jarayoninig uzluksizligi chuqurroq darajada ham kо‘rib chiqilishi kerak.