QISHLOQ XO‘JALIKLARIDA SMART TEXNIKALARDAN FOYDALANISH ORQALI ISHCHILAR MEHNATINI XAVFSIZ OLIB BORILISHINI TA’MINLASH
Abstract
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida smart texnikalarining xavfsiz ishlashi va
ularning samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar taqdim etiladi. Maqolada smartex texnikalarining
to‘g‘ri tanlovi, ishchilarning xavfsizligini ta'minlash uchun kerakli o‘quv dasturlari, texnikaning
xavfsizlik tizimlari va sertifikatlash jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, texnikaning xavfsiz
ishlashini oshirish uchun ergonomik sharoitlar yaratish, avtomatik xavfsizlik tizimlarini joriy etish,
himoya vositalarini taqdim etish, texnik xizmat va ta'mirlashning muhimligi ta'kidlangan. Innovatsion
texnologiyalar, jumladan, aqlli tizimlar va sun'iy intellektning smartex texnikalariga integratsiyasi orqali xavfsizlik va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqola, smartex texnikalari
orqali qishloq xo‘jaligida xavfsiz va samarali ishlashni ta'minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni
o‘z ichiga oladi.