AYLANMA QUVURLI PECHDA DISPERS METALL CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH JARAYONIDA GAZ OQIMI AERODINAMIKASI VA ISSIQLIK ALMASHINUVI XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada metallurgiya va mashinasozlik sanoatida hosil
bo‘ladigan dispers chiqindilarni qayta ishlashning yangi texnologik yondashuvi tahlil
qilinadi. Aylanma quvurli pech (AQP) asosida ishlab chiqilgan tizimda gazlarning
halqasimon harakati va material zarrachalarining uzluksiz vintsimon aralashuvi
issiqlik almashinuvi va qaytarilish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gaz oqimining aylanish tezligi chiziqli
ilgarilanma tezligidan 5–8 marta yuqori bo‘lib, bu holat gazning ishchi fazoda bo‘lish
vaqtini oshiradi hamda issiqlik uzatish samaradorligini kuchaytiradi.