KON INSHOOTLARI UCHUN SILINDRSIMON KONSTRUKSIYALARNI OG‘IRLIK BO‘YICHA OPTIMALLASHTIRISH VA ULARNING MODELLASHTIRILISHI
Abstract
Mazkur maqolada muhandislik, tog‘-kon va geologiya sohalarida zamonaviy modellashtirish texnologiyalarining nazariy asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Geoinformatsion tizimlar asosida geologik qatlamlarni tasvirlash, analitik modellashtirish orqali razvedka ma’lumotlarini umumlashtirish hamda blokli modellashtirish usullari keng ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada silindrsimon shakldagi konstruksiyalarni og‘irlik bo‘yicha optimallashtirishga doir matematik model asosida namunaviy hisoblash misoli keltirilib, uning natijalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari kon inshootlarining barqarorligini ta’minlash va ularni samarali loyihalashda modellashtirish texnologiyalarining muhimligini ko‘rsatadi.