Analytical methods of musical composition based on fractal theory
Abstract
Ushbu ishda fraktal nazariyasining asosiy tamoyillari musiqa kompozitsiyasi yaratishda qanday
qo‘llanilishi mumkinligi yoritilgan. Tadqiqotda o‘z-o‘ziga o‘xshashlik (self-similarity), iteratsiya asosida
hosil qilinadigan tuzilmalar va fraktal geometriyaning tarmoqlanuvchi xususiyatlari orqali musiqa
shaklini matematik modellashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, L-tizimlar, IFS (Takrorlanuvchi
funksiya tizimlari) va Brown harakati kabi fraktal modellar asosida yaratilgan musiqaviy tuzilmalar tahlil
qilinadi.