RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI XIZMATLARNING OBYEKTIV ZARURATI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sifatini oshirishda
raqamli xizmatlarning tutgan oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) orqali
sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va integratsiyalash usullari koʻrib chiqilgan. Metod
sifatida kontent-tahlil va taqqoslama yondashuv qo‘llanildi. Tahlillar raqamli texnologiyalar yordamida qiymat zanjirlarini
optimallashtirish, robototexnika va innovatsion yechimlar samaradorligini ko‘rsatdi. Muhokamalar raqamli xizmatlar orqali
sanoat ishlab chiqarishining sifatini barqaror oshirish istiqbollarini yoritadi.