SHO‘RLANGAN GRUNTLI GIDROTEXNIK KANALLARNING YUVILISH JARAYONI
Date
2025Metadata
Show full item recordAbstract
Maqolada tabiiy va laboratoriya sharoitlarda sho‘rlangan kam bog‘langan
gruntlarning yuvilish tezligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtirilgan holda o‘rganilgan,
laboratoriya qurilmasida buzilmagan strukturali namunalarning yuvilishi tezligi tadqiq qilingan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra laboratoriya sharoitida olingan nisbatan kichik o‘lchamlardagi grunt
namunasining yuvilishini amaliyotda qo‘llash juda xavfli ekanligi, chunki laboratoriya sharoitidagi
tadqiqotlarda dala sharoitida sodir bo‘ladigan ba’zi omillar inobatga olinmasligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu maqolada gidrometriyada o‘lchash xatoliklarining tasdiqlanishi, sho‘rlangan kam
bog‘langan gruntlarning kimyoviy elementlari keltirilgan. Sho‘rlangan kam bog‘langan grunt
yuvilishining sho‘rlanish darajasiga va namligiga bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan
tajribalar tahliliga ko‘ra xulosalar ishlab chiqilgan. Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli trapetsiadal
shakldagi gidrotexnik kanal modelida oqim tezligining kritik tezlikdan katta qiymatlarida birinchi
navbatda tub va yon tomon yotiq devorlari kesishgan va qirg‘oq qismlarining yuvilishlari, keyingi
navbatda esa bu yuvilgan agregatlarning kanal markaziga tushishi hamda ularning oqim bilan
tashilishi aniqlangan.