BOGʻLANGAN GRUNTLI KANALLARDA UMUMIY YUVILISHNI HISOBLASH
Abstract
Mazkur maqolada bogʻlangan gruntli kanallarda umumiy yuvilish jarayonlarini
hisoblashning asosiy nazariy va amaliy masalalari yoritilgan. Oqimning zarrachalar bilan toʻyinishi
dinamikasi va uning oqimning tezligi, loyqalanish miqdori, va gruntning fizik xossalariga bogʻliqligi
oʻrganiladi. Shu jumladan oqim, relyef, geologiya va boshqa kanalni shakllantiruvchi parametrlarni
integral tarzda hisobga olindi. Yuvilish jarayonida gruntlarning turbulent oqim taʼsirida ajralishi va
bu jarayonning empirik bogʻlanmalari bayon qilinadi. Tadqiqotlar natijasida bogʻlangan gruntlarda
yuvilish jarayonlarini baholash uchun matematik modellar va hisoblash metodikasi taklif etiladi.
Erkin yuzaning egri chizigʻini hisoblash Gidproyekt metodikasi asosida nomogrammalarni qoʻllash
orqali amalga oshirilgan. Ushbu metodika asosida kanalning gidravlik parametrlarini aniqlash va
uning profilini qayta qurish ishlari amalga oshirildi