YER OSTIDAGI KAPITAL LAHIMLARNI MUSTAHKAMLASH VA MUHOFAZA USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada yer osti kon lahimlarining mustahkamlanishi va muhofaza usullari haqida
batafsil ma’lumot berilgan. Kapital lahimlarni loyihalashda qatlamlarning qazish ishlari ta’siridan
tashqaridagi uchastkalarda zarur bo‘lgan muhofaza usullarini tanlash muhim hisoblanadi. Maqolada,
yer osti kon lahimlarining texnologik va geologik xususiyatlarini hisobga olib, mustahkamlashning turli
usullari, shu jumladan kompensatsion o‘yiqlar va ankerli mahkamlashni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan. Shuningdek, lahimlarning o‘rtacha siqilish mustahkamligi, ekvivalent quvvat va "shift-ost"
konvergensiyasini hisoblash usullari ham yoritilgan. Kapital lahimlarni mustahkamlash va muhofaza
qilishda ularning geologik sharoitlari, qatlamlarning siqilish mustahkamligi va xizmat muddati hisobga
olinadi. Maqola kon muhofazasi va barqarorligini ta’minlash uchun kerakli metodologiyani taklif etadi.