NEFT-GAZ QUDUQLARI UCHUN KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI KORROZIYA INGIBITORI OLISHNING TEXNOLOGIYASI
Abstract
Mazkur maqolada kompleks hosil qiluvchi erkin elektron juftlarga ega korroziya
ingibitorini olishning texnologik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Texnologik jarayonda
xomashyo sig‘imdan o‘tib, neytrallash uchun ko‘ylakli reaktorda sintez jarayoni amalga oshiriladi va
hosil bo‘lgan mahsulot reaktorga yuboriladi. Reaktorda olingan mahsulotlar ikkinchi ko‘ylakli reaktorga
uzatiladi. Reaktordan chiqqan mahsulotlar tozalanib, sovutgichdan o‘tkaziladi va qadoqlash bosqichiga
yuboriladi. Tayyor mahsulotni olish uchun sarflangan vaqt, harorat va bosim ko‘rsatkichlari keltirib
o‘tilgan. Barcha jarayonlarning rejimlari o‘rganilib, material balansi ishlab chiqilgan