BIOMASSANI QAYTA ISHLASH ORQALI ENERGETIK JIHATDAN QIMMATLI MAHSULOTLARGA AYLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Abstract
Briketlangan biomassaning zichligi biomassaning dastlabki holatdagi yirik zichligidan qariyb 6 baravar yuqori. Mahsulotlarga termo-kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik usullar bilan qayta ishlashning mavjud usullari ko‘rsatilgan. Xom biomassanining “sovuq” briketlash jarayoni ko‘pincha bog‘lovchi modda qo‘shishni talab qiladi. Piroliz usuli biomassadan olingan tayyor qattiq briketlangan yoki granulalangan yoqilg‘ining iste’mol xususiyatlarini oshirish uchun samarali qo‘llaniladi. Oqimda gazifikatsiya qilishda yuqori haroratlar 2000°C gacha qo‘llaniladi. Qurimalarning soddaligi va nisbatan past energiyani sarfi tufayli asosiy ulush (taxminan 75%) qattiq biomassa yoqilg‘ilarni ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. Piroliz qilish jarayonlarida qo‘llaniladigan biomassa asosiy turi yog‘och qirindisi va organik chiqindilar. Olingan yog‘och ko‘mir maydalanganidan so‘ng, uning asosida pirolizlangan pelletlar ishlab chiqariladi. O‘simlik biomassasini piroliz qilish uchun ishlatishning yana bir afzalligi shundaki, uning tarkibida lignin mavjud.
Kalit so‘zlar: Biomassa, texnologiya, yoqilg‘i, energiya, piroliz, gazifikatsiya, bug‘-havo, ekstraksiya, uglerod, termo-kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik.