NEFTGAZ KONLARI YEROSTI SUVLARIDAN OQILONA FOYDALANISH VA MUHOFAZALASH MUAMMOLARI
Date
2025-04Author
Jurayev, Fazliddin Ochilxonovich
Axmedov, Shovdullo Shuxratovich
Xaydarov, Kozimbek Megliyevich
Sultonov, Shuxrat Adxamovich
Metadata
Show full item recordAbstract
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston neftgaz konlaridagi yo‘ldosh yerosti suvlarini texnogen
ifloslanishdan muhofaza qilish va ulardan gidromineral xom ashyo sifatida oqilona foydalanish masalasi
ko‘rib chiqilgan. Ko‘pgina uglevodorod xom ashyosi konlarida yerosti suvlari neft va gaz uyumlarining
doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va
atrof muhitni qo‘riqlash ekologiya va tabiat muhofazasining muhim muammolari sirasiga kiradi. Sanoat
suvlarini qo‘riqlash deganda ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish imkonini beruvchi ularning son va
sifatini saqlashga qaratilgan kompleks choralar tushuniladi. Shuning uchun, neftgaz konlari yo‘ldosh
suvlarini na faqat gidromineral xom ashyosi deb, qolaversa atrof muhitga zarar yetkazuvchi omil deb
ham qarash kerak. Demak, neftgaz konlaridagi yo‘ldosh sanoat suvlaridan oqilona foydalanish katta
iqtisodiy samaradan tashqari, yana tabiiy atrof muhiti muhofazasini ta’minlashi mumkin.