BARQAROR RIVOJLANISHNING ASOSIY KONSEPSIYASI TALABLARI ASOSIDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Maqolada barqaror rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari to‘g‘risida
tahliliy materiallar hamda unda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishining tutgan o‘rni keltirilgan. Ekologik barqarorl ikni
ta’minlash g‘oyasi bilan akademik M.M.Moiseev fikrlari o‘rtasidagi tafovutlar, noosfera va uning mazmuni yoritilgan. Ekologik
barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalardan biri bo‘lajak mutaxassislarda ekologik madaniyatni rivojlantirish zarurligi va
ahamiyati asoslangan. Ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasi, uning asosiy yo‘nalishlari hamda amaliy metodlari aniqlangan.