DEAMGO ERITMASI YORDAMIDA METALLARNI AMPEROMETRIK ANIQLASHDA INERT ERITUVCHILAR TABIATI VA KONSENTRATSIYASINING O‘RGANILADIGAN ERITMALARNING ELEKTRO‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Abstract
Ushbu tadqiqotdan maqsad tabiiy obyektlar va sanoat materiallari tarkibidagi palladiy
(II), kumush (I) va simob (II) ionlari miqdorini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 (DEAMGO) eritmasi
bilan suvsiz va aralash muhitlarda amperometrik titrlash uslublarini ishlab chiqish va sharoitlarini
optimallashtirishdan iborat.
Tadqiqot davomida aniqlangan xususiyatlar va fon elektrolitlar, inert erituvchilar, kislotalar va boshqa
omillarning tabiati va konsentratsiyasini dietilamino-4-metilgeksin-2-ol-4 eritmasi eritmasi yordamida
palladiy (II), kumush (I) va simob (II) metallarini suvsiz amperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish
va sharoitlarini optimallashtirishda inert erituvchilarni tabiati va konsentratsiyasini o‘rganiladigan
eritmalarning elektro‘tkazuvchanligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borildi.
Suvsiz va aralash muhitlarning elektro‘tkazuvchanligini aniqlash orqali amperometrik, potensiometrik,
konduktometrik va boshqa titrlashlarni o‘tkazish mumkin, chunki to‘g‘ri va qayta tiklanadigan
natijalarni olish suvsiz va aralash eritmalarning tabiatiga bog‘liq. Shuning uchun tabiati turlicha
bo‘lgan metallarning tuzlarini tutgan bunday muhitlarning elektro‘tkazuvchanligini o‘rnatish zamonaviy
fizik, analitik va elektrokimyoning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.