Show simple item record

dc.contributor.authorMuradov Sirojiddin Husan O‘g‘li
dc.date.accessioned2025-10-18T04:53:30Z
dc.date.available2025-10-18T04:53:30Z
dc.date.issued2025
dc.identifier.issn2181-4430
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/572
dc.description.abstractUshbu tadqiqot xavfli yuklarni transportda tashishda xavfsizlikni ta’minlash masalalarini chuqur o‘rganadi. Xavfli yuklar — bu tashish, saqlash yoki foydalanish jarayonida inson salomatligi, atrof-muhit va moddiy boyliklarga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan moddalar va buyumlardir. Tadqiqotda BMTning “Xavfli yuklarni tashish bo‘yicha model qoidalari”, ADR (Yevropa bo‘yicha xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish to‘g‘risidagi kelishuv) va boshqa milliy normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Xavfli yuklarni tashish jarayonida asosiy xavf omillari quyidagilardan iborat: transport vositalarining texnik nosozliklari, haydovchining insoniy omili, yo‘l transport sharoitlari, yukning noto‘g‘ri joylashtirilishi va tashqi omillar (tabiiy ofatlar, sabotaj, terrorchilik). Ushbu omillar avariya xavfini sezilarli darajada oshiradi, bu esa moddiy zarar, ekologik ifloslanish va inson hayoti uchun tahdidlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy xavfsizlik choralarida ko‘proq inson omiliga tayaniladi, bu esa avariyalarni to‘liq oldini olish imkonini bermaydi. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt (SI) va IoT texnologiyalarini joriy etish xavfsizlik darajasini sezilarli oshirishga xizmat qiladi. SI algoritmlari transport vositalarining texnik holatini real vaqt rejimida nazorat qilish, haydovchining charchoq yoki stress darajasini aniqlash, xavfli marshrutlarni avtomatik ravishda aniqlash va bartaraf etish, yuk konteynerlarining parametrlarini monitoring qilish va favqulodda vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, tadqiqotda sistemali yondashuv nazariyasi, risklarni boshqarish nazariyasi, sun’iy intellekt nazariyasi va kiberfizik tizimlar konsepsiyasi asosiy metodologik poydevor sifatida ko‘rib chiqiladi. Sistemali yondashuv transport tizimini yagona butun sifatida talqin etib, barcha elementlar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik orqali xavfsizlikni oshirishni ta’kidlaydi. Risklarni boshqarish nazariyasi xavflarni oldindan prognozlash va ularni boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini beradi. Sun’iy intellekt va kiberfizik tizimlar esa transport xavfsizligini real vaqt rejimida monitoring qilish, prognozlash va avariyaviy holatlarga tezkor javob berishda yangi paradigma sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI va IoT texnologiyalarining joriy etilishi nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki iqtisodiy samaradorlikni ham ta’minlaydi: avariya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish moddiy zararlarni kamaytiradi, tashish jarayonining ishonchliligini oshiradi va ekologik xavfsizlikni mustahkamlaydi. Shu sababli, kelgusida ushbu texnologiyalarni milliy va xalqaro transport tizimlariga integratsiya qilish dolzarb vazifa sifatida qaraladi.en_US
dc.language.isootheren_US
dc.publisher“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALIen_US
dc.subjectxavfli yuklar, transport xavfsizligi, sun’iy intellekt, risklarni boshqarish, avariya oldini olish, kiberfizik tizimlar, sistemali yondashuv.en_US
dc.titleXAVFLI YUKLARNI TRANSPORTDA TASHISHDA XAVFSIZLIKNI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNIen_US
dc.typeArticleen_US


Files in this item

Thumbnail

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record