RADIATSIYAVIY AVARIYA SODIR BO‘LGANDA AHOLINI MUHOFAZALASH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini
muhofazalash usullari taxlil qilingan bo‘lib. Radiatsiyaviy avariyalar tabiiy va
sun'iy omillar ta'sirida yuzaga keladigan jiddiy hodisalardir, ular aholi
salomatligiga va atrof–muhitga xavf soladi. Bunday avariyalar yuzaga kelganda
aholini himoya qilish uchun bir qator samarali chora–tadbirlar amalga oshirilishi
kerak. Ushbu maqolada, radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini muhofaza
qilish usullari, shu jumladan, atrof–muhitning radioaktiv ifloslanish xususiyatlari,
radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha chora–tadbirlar, xavfli hududlarda himoya
vositalarini qo‘llash va evakuatsiya kabi amaliyotlar ko‘rib chiqiladi. Aholini
himoya qilishning samarali usullari radiatsiyaviy xavfning ko‘lami va uning
oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi.