NRB–2006 – SONLI RADIATSIYA XAVFSIZLIGI STANDARTLARI MAZMUN VA MOHIYATI
Abstract
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy
xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy sanitariya qoidalari va normalarni o‘z ichiga
oladi. Maqolada radiatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan meyoriy
va texnik talablarga, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanishning ta’sirini cheklash
va uning xavfini baholash uchun ishlatiladigan usullarga alohida e’tibor qaratilgan.
Radiatsiya manbalarining turlari, texnogen va tabiiy manbalardan olingan
nurlanish, hamda radiatsiyaviy avariya natijasida yuzaga keladigan xavflar tahlil
qilingan. O‘zbekistonning “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni va bu
qonunga asoslangan reglamentlar, shuningdek, shaxsiy va jamoaviy radiatsion
xavfni hisoblash va kamaytirish tamoyillari muhokama qilingan. Avariya
holatlarida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning shoshilinch choralariga ham
to‘xtalib o‘tilgan.