FORSAYT TEXNOLOGIYASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Abstract
ushbu maqolada forsayt texnologiyasining mohiyati,
rivojlanish bosqichlari, asosiy metodlari va turli sohalardagi qo‘llanilishi tahlil
qilinadi. Forsayt texnologiyasi kelajakni bashorat qilish, strategik rejalashtirish va
innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda samarali vosita sifatida e’tirof etiladi.
Maqolada forsaytning davlat boshqaruvi, biznes, iqtisodiyot, fan, texnologik
rivojlanish, ekologiya va urbanizatsiya kabi yo‘nalishlardagi ahamiyati yoritiladi.
Ayniqsa, mehnat muhofazasi sohasida forsayt texnologiyalarining roli, xavfsizlik
choralarini oldindan belgilash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishdagi samaradorligi muhokama qilinadi. Mehnat xavfsizligini ta’minlashda Delphi usuli,
ssenariy tahlili, ekstrapolyatsiya va SWOT tahlil kabi metodlarning qo‘llanilishi
ko‘rsatib o‘tilgan. Forsayt texnologiyalarining afzalliklari sifatida uzoq muddatli
xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish
hamda ish sharoitlarini yaxshilash imkoniyatlari tahlil qilinadi.