BAXTSIZ HODISALARNI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISHDA FORSAYT TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH
Abstract
Ushbu maqolada baxtsiz hodisalarni o‘rganish va tahlil qilishda
forsayt texnologiyasining qo‘llanilishi, uning samaradorligi hamda boshqa
metodlardan ustunligi tahlil qilinadi. Forsayt texnologiyasi xavfli vaziyatlarni
oldindan bashorat qilish, ularning oldini olish va xavfsizlik strategiyalarini ishlab
chiqishda qanday afzalliklarga ega ekani yoritiladi. Shuningdek, sanoat, transport,
kimyo zavodlari va yong‘in xavfsizligi sohalarida forsayt texnologiyasining
muvaffaqiyatli qo‘llanilishiga oid aniq misollar keltirilgan. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyaning amaliyotga joriy etilishi xavfsizlik darajasini sezilarli darajada
oshirishini ko‘rsatadi.