NOFILOLOGIK OLIY O‘QUV YURTLARIDA AKADEMIK YOZUV FANINI O‘QITISH TAJRIBASIDAN
Abstract
Akademik yozuv an'anaviy kompetensiya bo‘lib, jahon ta'lim va
ilmiy hamjamiyatlarida keng qo‘llaniladi. Ilmiy axborot jarayonlari va xalqaro
akademik aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida ushbu fanning dolzarbligi
ortib bormoqda. Maqolada “Akademik yozuv” fanini nofilologik oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitishda xalqaro tajribalarga tayanish, ularning yutuqlarini keng
joriy etish masalasida fikr yuritilgan.