INSON SALOMATLIGIGA PESTITSIDLAR VA MINERAL OʻGʻITLAR KOʻP ISHLATILISHI OQIBATIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Abstract
Pestitsidlar va mineral oʻgʻitlar zamonaviy qishloq xoʻjaligining
ajralmas qismi hisoblanadi. Ular yordamida hosildorlikni sezilarli darajada oshirish
mumkin, ammo ularning notoʻgʻri va ortiqcha qoʻllanilishi inson salomatligiga
jiddiy xavf tugʻdiradi. Bugungi kunda pestitsidlar va mineral oʻgʻitlar bilan bogʻliq
sogʻliq muammolari global miqyosda muhokama qilinmoqda. Ushbu kimyoviy
moddalar inson organizmiga kirib, turli kasalliklar va sogʻliq buzilishlariga sabab
boʻladi. Shu bois, ularning salbiy taʼsirlarini chuqur oʻrganish va muammolarga
samarali yechimlar topish zarur.