SANOAT ZAHARLARINING INSON ORGANIZMIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARI, SANOAT ZAHARLARNING BIOLOGIK TAʼSIRI VA UNING YECHIMLARI
Abstract
Sanoat zaharlari inson hayoti va sogʻligʻi uchun jiddiy xavf
tugʻdiruvchi omillardan biridir. Ularning taʼsir etuvchi omillari, biologik taʼsiri va
ushbu muammoning yechimlari haqida toʻliq tushuncha hosil qilish uchun avvalo
sanoat zaharlari qanday shakllanib, inson organizmiga qanday taʼsir qilishi haqida
batafsil soʻz yuritish zarur. Sanoat zaharlari asosan sanoat ishlab chiqarish
jarayonlarida yuzaga keladigan zararli kimyoviy moddalardan iborat boʻlib, ular
havoda, suvda, tuproqda va oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud boʻlishi mumkin.
Ushbu zaharlar inson organizmiga kirib, uning normal faoliyatini buzadi va turli
kasalliklar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.