TALABALARGA “SUN’IY INTELLEKT ASOSLARI” FANINI O‘QITISH ASOSIDA ULARNING INTELLEKTUAL TIZIMLARNI LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada “Sun’iy intellekt asoslari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning intellektual tizimlarni loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada intellektual tizimlar tushunchasi, sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasi va amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar malakasini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro ta’lim standartlari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodik tavsiyalar berilgan.