HUDUDLARDA ELEKTR ENERGETIKA TA’MINOT TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH VA QIYOSIY TAHLIL: QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA
Abstract
Tadqiqot Qashqadaryo viloyati misolida hududiy elektr energetika
ta’minot tizimini optimallashtirish va qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. O‘zbekiston
bo‘yicha 2023-yilda 78 Teravatt ·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 8,1749 Teravatt ·soat ni tashkil etgan.
Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning umumiy elektr ishlab chiqarish hajmining
10,5% ini ta’minlaydi, bu esa hududiy ta’minotni optimallashtirish va qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish zaruratini ko‘rsatadi